Jamiyat | 21:50
2815
1 daqiqa o‘qiladi

Ohangaronda sel ko‘prikni oqizib ketdi

Bugun, 10 may kuni ertalab Toshkent viloyati, Ohangaron tumani Ertoshsoy qishlog‘ida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida qishloq aholisi va u yerga dam olish maqsadida kelganlar tashrif buyurganlar soyning u tomonida qolib ketgan.

Kun.uz bilan bog‘langan fuqaroning so‘zlariga ko‘ra, yuzdan ortiq odamlar va 20 dan ortiq avtomobil soydan o‘ta olmay qishloqda qolib ketishgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, adirliklardan yig‘ilib kelgan yomg‘ir suvlari Ertoshsoy soyidan to‘planib oqib o‘tgan.

Suv oqimi kuchli bo‘lganligi sababli aholi tomonidan dam oluvchilarning soy orqali harakatlanishi uchun qurilgan vaqtinchalik osma ko‘prik o‘tkazgichga zarar yetgan.

“Zudlik bilan hodisa joyiga FVBB, IIB, MG, mahalliy hokimlik va boshqa FVDTxizmatlarining mas’ullari yetib borib, vaziyat nazoratga olingan va dam oluvchilar xavfsiz hududga o‘tkazilgan. Hodisa natijasida jabrlanganlar qayd etilmadi”, deyiladi FVV xabarida.

Ma’lumot uchun: Ertoshsoy qishlog‘i poytaxt bilan vodiyni ulovchi Qamchiq dovoni yon bag‘rida joylashgan turistik hudud hisoblanadi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid