Jamiyat | 21:46 / 15.05.2026
2155
2 daqiqa o‘qiladi

Popda novvoylar nom tufayli janjallashishdi

"Sanjar patir" nomi ostida savdo qiluvchi S.Sh. shu hududda "Sanjar patir" nomi ostida savdo qilayotgan boshqa bir fuqaroni tadbirkorlik nomini o‘zlashtirib olganlikda ayblab, uning mol-mulkiga shikast yetkazgan.

Foto: Namangan viloyati IIB

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Pop tumani «Qo‘shminor» mahallasi hududida patir non savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar o‘rtasida bo‘lgan nizoli holatlar aks etgan videolar tarqaldi. Namangan viloyati IIB ushbu holat bo‘yicha rasmiy munosabat berdi.

Aniqlanishicha, yuqorida ko‘rsatilgan hududda savdo qiluvchi Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida yashovchi, "Sanjar patir" nomi ostida savdo qiluvchi S.Sh. shu hududda "Sanjar patir" nomi ostida savdo qilayotgan Dang‘ara tumanilik fuqaro X.A.ni tadbirkorlik nomini o‘zlashtirib olganlikda ayblab, uning mol-mulkiga shikast yetkazgan.

O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida barcha ishtirokchilarning shaxsiga aniqlik kiritilgan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha Pop tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilib, S.Sh.ga nisbatan MJtKning tegishli moddalari bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan va jinoyat ishlari bo‘yicha Pop tuman sudiga yuborilgan.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid