Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda narkolaboratoriya faoliyatiga chek qo‘yildi
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida sintetik narkotik va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar tayyorlash bilan shug‘ullangan yashirin narkolaboratoriya fosh etildi. Tezkor tadbir davomida bir necha shaxs qo‘lga olingan.
Foto: Videodan kadr
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan bojxona organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1996 yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvidagi “Spark” avtomashinasi to‘xtatilib tekshirildi.
Tekshiruv natijasida avtomashina salonida 15 dona kapsulada “Pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi borligi aniqlangan.
Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur dori vositalarini sotgan 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro ham ushlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu shaxs Chilonzor tumanidagi xonadonlardan birida narkolaboratoriya tashkil qilgan bo‘lib, u yerdan 955 gramm va 538 dona “Pregabalin”, 227 gramm va 28 dona “Tropikamid”, 16 kilogramm “Trilon-B”, shuningdek, sintetik narkotik moddalar tayyorlashda foydalaniladigan prekursorlar, katta miqdordagi kapsula va flakonlar olingan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:58
Toshkentda avtobus va yengil avtomobil to‘qnashdi
10:10 / 13.05.2026
Toshkentda 500 ming dollarlik bank firibgarligi fosh etildi
08:59 / 13.05.2026
Toshkentda noqonuniy tibbiyot buyumlari savdosi fosh etildi
08:49 / 11.05.2026