O‘zbekiston | 21:22
808
3 daqiqa o‘qiladi

Saida Mirziyoyeva Londonda nufusli xalqaro moliya tashkilotlari rahbarlari va siyosatchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

Buyuk Britaniya Bosh vazirining investitsiyalar bo‘yicha maslahatchisi Varun Chandra hamda Markaziy Osiyo va Ozarbayjon bo‘yicha savdo vakili lord Jon Olderdays bilan uchrashuvda UzNIF fondining jahon bozorlariga muvaffaqiyatli kirib borgani hamda Britaniya ishbilarmon doiralarining O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotgani muhokama qilindi.

Bugun, 18 may kuni, Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniya Bosh vazirining investitsiyalar bo‘yicha maslahatchisi Varun Chandra hamda Markaziy Osiyo va Ozarbayjon bo‘yicha savdo vakili lord Jon Olderdays bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida UzNIF  fondining jahon bozorlariga muvaffaqiyatli kirib borgani hamda Britaniya ishbilarmon doiralarining O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishi muttasil ortib borayotgani muhokama qilindi.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Shiningdek, Saida Mirziyoyeva dunyodagi aktivlarni boshqaruvchi eng yirik kompaniyalardan biri — “Franklin Templeton” bosh ijrochi direktori Jyenni Jonson bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda kapital bozorini rivojlantirish, moliyaviy boshqaruv sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, xalqaro kliring tizimlari bilan integratsiyalashuv hamda Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish masalalarini muhokama qilindi. O‘zaro hamkorlikni kengaytirish borasida kelishuvga ham erishildi.

 “Jonson xonim IPO’ga tayyorgarlikdek murakkab jarayonni juda qisqa muddatda amalga oshirganimizni hamda kompaniyalarimiz aksiyalari savdosi a’lo darajadagi natijalar ko‘rsatayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi”, deya yozdi Saida Mirziyoyeva.

Bundan tashqari, prezident administratsiyasi rahbarining London fond birjasi bosh ijrochi direktori Juliya Enn Xoggett bilan uchrashuvda O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasining LSE platformasiga muvaffaqiyatli chiqqani, shuningdek, barqaror moliyalashtirish, ESG standartlari, “yashil” obligatsiyalar hamda o‘zbek kompaniyalarini global bozorlarda ishlashga tayyorlash sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

“Xoggett xonimning so‘zlariga ko‘ra, bu London birjasida so‘nggi 5 yil ichidagi eng yirik IPO joylashtiruvi bo‘lib, mamlakatimiz jadal rivojlanib borayotganining yorqin ko‘rsatkichidir. Bunday muvaffaqiyat global investorlar Prezidentimiz islohotlari natijasini amalda ko‘rayotgani va mamlakatimiz iqtisodiyotiga ishonch bildirayotganini yaqqol tasdiqlaydi”, deya yozdi Saida Mirziyoyeva.

Достон Аҳроров
Tayyorlagan Достон Аҳроров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid