Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent tumanidagi yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi
Yong‘in oqibatida binoning yerto‘la qismida taxminan 40 kv.m maydonda qurilish chiqindilari yonib zararlangan.
Foto: FVV
Toshkent tumani Keles shaharchasidagi yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar berdi FVV.
Xabarga ko‘ra, 23 may soat 13:39 da “112” tizimi orqali Toshkent tumani Keles shaharchasi, Olmazor ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida Toshkent viloyati FVBBga xabar kelib tushdi.
Xabarga asosan, 2 ta qutqaruv bo‘linmasi soat 13:45 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:48 da o‘rab olingan va soat 13:54 da to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida yangi qurilayotgan binoning yerto‘la qismida taxminan 40 kv.m maydonda qurilish chiqindilari yonib zararlangan.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Tan jarohati olganlar haqida murojaatlar kelib tushmagan.