Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmati vaqtinchalik to‘xtatiladi
26 maydan 31 iyulga qadar umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga hamda o‘quvchilarni sinfdan-sinfga o‘tkazish jarayoni amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 1 iyundagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglament asosida amalga oshirilayotgan o‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmati joriy yilning 26 mayidan 31 iyuliga qadar to‘xtatiladi.
Mazkur vaqt oralig‘ida elektron platforma (erp.maktab.uz) orqali umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga hamda o‘quvchilarni sinfdan sinfga o‘tkazish jarayoni amalga oshiriladi.
O‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmati 2025 yil 1 avgustdan davom ettiriladi.
Ma’lumot uchun, o‘quvchilarni sinfdan sinfga va bir maktabdan boshqasiga o‘tkazish bepul amalga oshiriladi.