Sport | 23:45 / 31.05.2026
535
1 daqiqa o‘qiladi

Xvicha Kvaratsxeliya Chempionlar ligasi joriy mavsumining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Gruziyalik yarimhimoyachi 16 ta o‘yinda 10 ta gol va 7 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. U PSJ tarkibida Chempionlar ligasida ketma-ket ikkinchi bor g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Foto: REUTERS

Fransiyaning “Pari Sen-Jyermen” klubi yarimhimoyachisi Xvicha Kvaratsxeliya 2025/26 yilgi Chempionlar ligasining eng yaxshi o‘yinchisi deb e’tirof etildi.

Finalda PSJ “Arsenal”ni penaltilar seriyasida (4:3) mag‘lub etdi, asosiy vaqt esa 1:1 hisobida yakunlandi.

Turnir yakunlariga ko‘ra, gruziyalik yarimhimoyachi ajoyib natija ko‘rsatdi: 10 ta gol va 7 ta golli uzatma. U bu natijaga 16 ta o‘yinda erishdi.

25 yoshli futbolchi PSJ tarkibida Chempionlar ligasida ketma-ket ikkinchi bor g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Kvaratsxeliya Chempionlar ligasining 2022/23 yilgi mavsumida eng yaxshi yosh futbolchi deb topilgandi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid