Iqtisodiyot | 21:44
464
6 daqiqa o‘qiladi

May oyidagi inflatsiya: qaysi mahsulot qanchaga qimmatlashdi?

O‘tgan oy yakunlariga ko‘ra, yillik inflatsiya 5,5 foizgacha pasaydi. Bu energiya tovarlari narxida yuqori baza ta’siri chiqib ketishi bilan izohlanadi. May oyi davomida asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan  suyaksiz mol go‘shti - 3,6 foizga suyakli mol go‘shti - 2,9 foizga, qo‘y  go‘shti - 2,9 foizga, shakar -1,5 foizga qimmatlashdi. «2026-yil may oyida import (bir kg uchun 5 000 so‘mdan 10 000 so‘mgacha bo‘lgan oraliqda o‘sish) va mahalliy (bir kg uchun 2 000 so‘mdan 7 000 so‘mgacha bo‘lgan oraliqda o‘sish) mol go‘shti narxlarida o‘zgarish kuzatildi», deyiladi hisobotda.

2026 yil may oyida narxlar oshishi 0,2 foizni tashkil etib, yillik inflatsiya 5,5 foizga teng bo‘ldi, deya ma’lum qildi Milliy statistika qo‘mitasi.

2025 yilning mayida oylik inflatsiya 1,5 foiz, yillik ko‘rsatkich 8,7 foiz bo‘lgandi. Shunga ko‘ra, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan narx-navolar oshishi 3,2 foiz punktiga sekinlashdi. Bu energiya tovarlari narxida yuqori baza effekti chiqib ketishi bilan izohlanadi.

Statqo‘m hisobotiga ko‘ra, o‘tgan oyda oziq-ovqat mahsulotlari narxida umumiy hisobda o‘zgarish kuzatilmagan bo‘lsa, nooziq-ovqat tovarlar 0,3 foizga qimmatlashdi. Xizmatlar inflatsiyasi esa 0,4 foizni tashkil etdi.

Oziq-ovqatlar

May oyida asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan suyaksiz mol go‘shti — 3,6 foiz (2025-yil may oyiga nisbatan +20,5 foiz), suyakli mol go‘shti —2,9 foiz ( +19 foiz), qo‘y go‘shti — 2,9 foiz (+22,8 foiz) ,go‘sht qiymasi — 2 foiz (+15,8 foiz), shakar —1,5 foiz (+1,3 foiz), pasterizatsiya qilingan sut —1,1 foiz (+5,1 foiz), tirik va sovutilgan baliq —1 foiz (+6,9 foiz), un —o‘rtacha 0,9 foiz (+4,6 foiz) va o‘simlik yog‘i narxlari o‘rtacha 0,6 foizga (+7 foiz) qimmatlashgan.

«2026-yil may oyida import (bir kg uchun 5 000 so‘mdan 10 000 so‘mgacha bo‘lgan oraliqda o‘sish) va mahalliy (bir kg uchun 2 000 so‘mdan 7 000 so‘mgacha bo‘lgan oraliqda o‘sish) mol go‘shti narxlarida o‘zgarish kuzatildi», deyiladi hisobotda.

Shu bilan birga, guruch va guruch oqshog‘i — o‘rtacha 1,6 foiz (2025-yil may oyiga nisbatan -13,7 foiz)ga, tuxum — 0,1 foiz, parranda go‘shti —1,5-1,6 foiz oralig‘ida (+3,4 —+4,5 foiz), xom sut —0,8 foiz (+5,1 foiz)ga arzonlashdi.

Meva-sabzavot mahsulotlari narxlari dinamikasi mavsumiy omillar ta’sirida shakllangan. Asosiy meva–sabzavot mahsulotlaridan limon —19 foiz (2025-yil may oyiga nisbatan +86,6 foiz )ga, olma —2,6 foiz (2025-yil may oyiga nisbatan +24,8 foiz )ga, lavlagi—1,6 foiz (2025-yil may oyiga nisbatan +1,1 foiz)ga, sabzi —1,6 foiz (2025-yil may oyiga nisbatan -20,8 foiz) narxlari oshdi. Bodring — 39,5 foiz (2025-yil may oyiga nisbatan +41,6 foiz )ga, pomidor—34,7 foiz (2025-yil may oyiga nisbatan -17,2 foiz)ga, baqlajon—23,6 foiz (2025-yil may  oyiga nisbatan -27,3 foiz)ga, bulg‘or qalampiri —19,7 foiz (2025-yil may oyiga nisbatan +2 foiz)ga, sarimsoq —12,3 foiz (2025-yil may oyiga nisbatan -22 foiz)ga, banan — 4,1 foiz (2025-yil may oyiga nisbatan +5,8 foiz )ga, karam—3,5 foiz (2025-yil may oyiga nisbatan +1,2 foiz)ga, piyoz — 2,9 foiz (2025-yil may oyiga nisbatan -22,9 foiz)ga, ko‘katlar —1,4 foiz (2025-yil may oyiga nisbatan +1,8 foiz)ga va kartoshka narxlari—1,1 foiz (2025-yil may oyiga nisbatan +19,9 foizga) pasaygan.

Transport

May oyi davomida benzin uchun o‘rtacha narxlar 0,6 foiz (2025 yil may oyiga nisbatan +12 foiz)ga oshdi. Bunda, benzinning AI-92 markasi — 0,6 foiz, AI-95 markasi — 0,8 foiz, AI-98 va AI-100 markalari esa — 1,6 foizga qimmatlashdi. Propanning narxi oy davomida 1,9 foiz (2025 yil mayiga nisbatan +22,1 foiz)ga arzonlashib, 1 litr uchun yuqori narx chegarasi 7200 so‘mni tashkil etdi.

O‘tgan oyda metan narxi 0,2 foizga ko‘tarildi. Shaxsiy transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash xizmatlari 1,2 foiz (yillik nisbat +8,1 foiz), avtoturargohlar xizmati 1,1 foiz ( +10,6 foiz)ga qimmatlashdi.

Yo‘lovchi tashish transporti xizmatlaridan tramvayda (Samarqand viloyati) yo‘l haqi 15,5 foiz (2025-yil may oyiga nisbatan +15,5 foiz)ga, taksida yo‘l haqi 1 foiz (2025-yil may oyiga nisbatan +5 foiz)ga, shaharlararo avtobus va shunga o‘xshash transportlarda (Buxoro, Novoiy, Namangan viloyatlari va Toshkent shahri) 1 foiz (2025-yil may oyiga nisbatan +7,8 foiz)ga, shahar avtobusida yo‘l haqi (Samarqand viloyati) 0,5 foiz (2025-yil may oyiga nisbatan +14,6 foiz)ga oshdi.

Yevro va Shveytsariya frankiga nisbatan so‘m kursining mustahkamlanishi uzoq masofaga qatnaydigan poyezdlarda yo‘l haqining 0,3 foiz ga (2025-yil may oyiga nisbatan +13 foiz) hamda aviaqatnovlar narxining 1,3 foiz ga (2025-yil may oyiga nisbatan -6,6 foiz) pasayishiga ta’sir ko‘rsatdi.

Hududlari kesimidagi inflatsiya

May oyi yakunlariga ko‘ra eng yuqori inflatsiya Qashqadaryo viloyatida qayd etildi: 5,8 foiz. Eng past inflatsiya farg‘ona viloyatida: 6,4 foiz.

Достон Аҳроров
Tayyorlagan Достон Аҳроров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid