Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy dunyodagi eng yirik astronomiya markazini qurishni rejalashtirmoqda
Hozirda qiymati 369 mln dollarlik 14,5 metrli Katta optik teleskop va 6,5 metrli ko‘p obektli kuzatuv teleskopi uchun maydon tayyorlash, ko‘zgularni sayqallash hamda qurilmalarni ishlab chiqish ishlari olib borilmoqda.
Xitoy 2030 yillar o‘rtalariga qadar Tsinxay viloyatidagi Sayshiten tog‘i cho‘qqisida dunyodagi eng yirik astronomiya markazini barpo etishni rejalashtirmoqda. Ayni paytda u yerda eng kuchli optik teleskoplardan biri qurilmoqda.
Teleskoplarning diametri 6,5 metrdan 14,5 metrgacha bo‘ladi va ular o‘nlab kichikroq qurilmalar bilan birgalikda ishlaydi, dedi Pekindagi Xitoy Milliy astronomik observatoriyalari (NAOC)ning maydonni rejalashtirish bo‘yicha bosh ilmiy rahbari Den Litsay.
«Ularning umumiy yorug‘lik to‘plash qobiliyati Havayidagi Mauna-Kea cho‘qqisida joylashgan teleskoplar imkoniyatlaridan yuqori bo‘lishi kutilmoqda», — dedi u.
Mauna-Kea — AQShning Havayi shtatidagi tog‘ bo‘lib, uning cho‘qqisida Maunakea Observatories observatoriyalar majmuasi joylashgan. U dunyodagi eng yirik va eng muhim observatoriya majmualaridan biri hisoblanadi. U yerda ikkita 10 metrli Keck, 8,2 metrli Subaru va 8,1 metrli Gemini North teleskoplari joylashgan.
Litsayning so‘zlariga ko‘ra, hozirda 14,5 metrli Katta optik teleskop (LOT) va 6,5 metrli ko‘p obektli kuzatuv teleskopi (MUST) uchun maydon tayyorlash, ko‘zgularni sayqallash hamda qurilmalarni ishlab chiqish ishlari olib borilmoqda. LOT loyihasining qiymati 2,5 milliard yuan (taxminan 369 mln dollar)ni tashkil etadi. Ularni 2030 yilda ishga tushirish rejalashtirilgan.
2016 yil sentabrda Xitoy dunyodagi eng yirik FAST (Five hundred meter Aperture Spherical Telescope) radioteleskopidan foydalanishni boshlaganini, 2023 yil iyulda esa dunyodagi eng yirik quyosh radioteleskopi — Daocheng Solar Radio Telescope (Daochen quyosh radioteleskopi) ishga tushirilganini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:04 / 06.06.2026
Sun’iy yo‘ldoshlar Xitoyning noodatiy suvosti kemasini aniqladi
08:35 / 05.06.2026
O‘zbekistonda Xitoyning yangi internet provayder zonalari paydo bo‘ladi
08:22 / 05.06.2026
O‘ta boy aholi soni eng tez o‘sgan davlat ma’lum bo‘ldi
08:56 / 04.06.2026