Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Niderlandiya milliy jamoalari bir kunda ikkita o‘yin o‘tkazadi
8 iyun kuni Nyu-Yorkdagi (AQSh) Icahn Stadium o‘yingohida Niderlandiya va O‘zbekiston milliy jamoalari o‘rtasida tarixiy o‘rtoqlik o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Bu 2026 yilgi jahon chempionati oldidan Ronald Kuman va Fabio Kannavaro shogirdlari uchun so‘nggi jiddiy sinovdir.
Niderlandiya bosh murabbiyi Ronald Kuman so‘zlariga ko‘ra, jamoalar bir kunda ikkita o‘yin o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Birinchisi - rasmiy o‘rtoqlik o‘yini (45 daqiqadan iborat 2 ta to‘liq bo‘lim). Ikkinchisi — norasmiy (yopiq), birinchisidan so‘ng darhol boshlanadi, 35 daqiqadan iborat ikki taym formatida. Unda zaxiradagilar va o‘yin vaqtiga muhtoj bo‘lganlar o‘ynaydi.
«Biz hammaga o‘yin vaqti bermoqchimiz. Birinchi o‘yin asosan boshlang‘ich tarkib bilan, ikkinchisi esa qolganlar uchun. Shuning uchun ikki marta o‘ynaymiz», dedi Kuman.
Niderlandiya va O‘zbekiston shu paytgacha biror marta o‘zaro to‘qnash kelmagan. O‘yin yopiq eshiklar ortida (tomoshabinlarsiz) o‘tkaziladi, ammo televideniye va onlayn tarzda jonli efirda namoyish etiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi. Ikkinchi o‘yin efirga uzatilmaydi.
AQSh, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tadigan jahon chempionati 11 iyun kuni boshlanib, 19 iyulda yakunlanadi. Turnirda ilk bor 48 jamoa ishtirok etadi. O‘zbekiston milliy jamoasi guruh bosqichida Kolumbiya (18 iyun, Toshkent vaqti bilan soat 7:00), Portugaliya (23 iyun, 22:00) va Kongo DR (28 iyun, 4:30) bilan o‘ynaydi.
Mavzuga oid
17:17 / 07.06.2026
“Asirlarning kalla suyagini eksponat qilishgan” – o‘zbeklar ko‘milgan Amersfortdagi o‘lim lageri
11:53 / 07.06.2026
Eronlik futbol rasmiylariga AQSh vizasi berilmadi
20:33 / 04.06.2026
Jahon chempionatida irqchilik holatlari yuz bersa, o‘yin butunlay to‘xtatiladi
22:26 / 03.06.2026