Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Joze Mourinio «Real»ga qaytdi
Mutaxassis bilan 3 yillik shartnoma imzolandi. U jamoaga 13 iyulda, mavsumoldi o‘yinlari boshlanadigan kuni qo‘shiladi.
Ispaniyaning «Real Madrid» klubi Joze Mourinio bosh murabbiy bo‘lganini e’lon qildi.
Mutaxassis bilan 3 yillik shartnoma imzolandi. U jamoaga 13 iyulda, mavsumoldi o‘yinlari boshlanadigan kuni qo‘shiladi.
63 yoshli portugaliyalik «Benfika» klubidan «Real»ga o‘tdi va Alvaro Arbeloa o‘rnini egalladi. Madridliklar Lissabon klubiga murabbiy uchun 15 million yevro tovon to‘laydigan bo‘ldi.
Mourinio ikkinchi marta «Real»ga tayinlanmoqda. U 2010-2013 yillarda ushbu klubda ishlagan va La Liga chempionligi, Ispaniya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan edi. Shuningdek, u «Portu», «Chelsi», «Inter», «MYu», «Tottenhem» va «Fenerbahche» klublarini ham boshqargan.
Mavzuga oid
19:00 / 29.06.2026
Enso Mareska "Manchester Siti"ga bosh murabbiy etib tayinlandi
17:53 / 23.06.2026
Prezident “Navbahor” futbol klubining akademiyasida bo‘ldi
20:35 / 16.06.2026
O‘zbekistonlik hakamlar Shotlandiya - Marokash o‘yiniga tayinlandi
21:30 / 10.06.2026