O‘zbekiston | 11:18
1253
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta davomida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda

Dam olish kunlari O‘zbekistonning katta qismida quruq va asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Faqat shimoli-g‘arbiy hududlarga Kaspiy dengizdan nam havo kirib kelishi boshlanadi. Havo harorati +36…+38, eng chekka janubda +42 darajagacha ko‘tariladi.

Foto: Kun.uz

Dam olish kunlari respublika hududining katta qismida quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Faqat mamlakatning shimoli-g‘arbiy hududlariga Kaspiy dengizi hududidan nisbatan nam havo kirib kelishi boshlanadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Juma kunduzi O‘zbekistonning barcha hududi bo‘yicha asosan kam bulutli va yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati +33…+36 daraja atrofida bo‘ladi.

Shanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida, yakshanba kechasi va ertalab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kunning ikkinchi yarmida Navoiy, Buxoro viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Dam olish kunlari havo harorati +36…+38 darajagacha, cho‘l hududlarda +40 darajagacha, eng chekka janubda +42 darajagacha ko‘tariladi.

Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Shimolda va cho‘l hududlarda ba’zida 20–22 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel suv-toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkent shahrida 12–14 iyun kunlari asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat bugun kunduzi +33…+35 daraja, shanba va yakshanba kunlari +36…+38 daraja bo‘ladi. Harorat asosan kechalari +20…+23 daraja bo‘ladi.

Shamol 3–8 metr/soniya tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10–12 metr/soniyagacha kuchayadi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid