Jahon | 22:34 / 12.06.2026
879
3 daqiqa o‘qiladi

Tulsi Gabbard AQSh biolaboratoriyalari haqidagi ma’lumotlarni oshkor qildi

AQSh Milliy razvedkasining iste’foga chiqayotgan direktori Tulsi Gabbard Qo‘shma Shtatlar dunyoning 30 dan ortiq mamlakatidagi 120 dan ortiq biologik laboratoriyalarni moliyalashtirganini tasdiqlovchi maxfiylikdan chiqarilgan materiallarni e’lon qildi. Ularning 40 dan ortig‘i Ukraina hududida joylashgan.

Foto: Michaal Nigro/ Keystone Press Agency/ Global Look Press

Milliy razvedka direktori boshqarmasi (ODNI) tomonidan e’lon qilingan rasmiy press-relizga ko‘ra, laboratoriyalar asosan Pentagon dasturlari, xususan, Biological Threat Reduction Program orqali moliyalashtirilgan. 2005 yildan beri Ukraina obektlariga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 200 million dollardan oshgan.

Maxfiylikdan chiqarilgan hujjatlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Laboratoriyalar o‘ta xavfli patogenlar, jumladan, kuydirgi, o‘lat, tulyaremiya, Ebola va Marburg viruslari bilan ishlagan.

  • Cheklangan nazorat ostidagi tadqiqotlar, shuningdek, ehtimoliy patogenlar funksiyasini kuchaytirish amaliyoti o‘tkazilgan bo‘lishi mumkin.

  • Ukrainadagi ko‘plab obektlar jangovar harakatlar hududida joylashgan bo‘lib, bu materiallarning sizib chiqishi yoki qo‘lga kiritilishi xavfini tug‘diradi.

  • Asosiy obektlar orasida Markaziy ma’lumotnoma laboratoriyasi (CRL) va mamlakatning turli hududlaridagi bir qator diagnostika laboratoriyalari bor.

Tulsi Gabbardning ta’kidlashicha, ilgari bu mavzudagi har qanday ma’lumot qattiq bostirilgan va «Rossiya propagandasi» deb e’lon qilingan. Maxfiylikdan chiqarish prezident Trampning 2025 yil may oyida xorijda potensial xavfli biologik tadqiqotlarni moliyalashtirishni to‘xtatish to‘g‘risidagi farmonini bajarish doirasida amalga oshirildi.

«Amerika xalqi o‘z mablag‘lari nimaga sarflanayotganini va uning nomidan qanday xavflar yaratilayotganini bilishga haqli», dedi Gabbard iste’foga chiqishidan oldin.

Maxfiylikdan chiqarilgan slaydlar va materiallar ODNI rasmiy veb-saytida e’lon (.pdf) qilindi.

Munosabat va oqibatlar

Bu ma’lumot allaqachon Kongress va jahon ommaviy axborot vositalarida keskin bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Tanqidchilar ushbu laboratoriyalar faoliyatini to‘liq mustaqil tekshirishni va biologik qurollar bo‘yicha xalqaro shartnomalarning ehtimoliy buzilishlarini baholashni talab qilmoqda.

Tulsi Gabbard shaxsiy sabablarga ko‘ra (turmush o‘rtog‘ining sog‘lig‘i) lavozimini tark etyapti, biroq uning maxfiylikni ochish bo‘yicha so‘nggi qarorlari oxirgi yillardagi eng shov-shuvli voqealardan biri bo‘ldi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid