Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada Tu-22M3 bombardimonchisi halokatga uchradi
Ekipaj katapulta qilgan, uchuvchilarning hayoti va sog‘lig‘iga hech qanday xavf yo‘q.
Tu-22M3 samolyoti Irkutsk viloyatida qo‘nish paytida halokatga uchradi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, bombardimonchi samolyot rejali o‘quv-mashg‘ulot parvozini amalga oshirgan. Ekipaj katapulta qilgan, uchuvchilarning hayoti va sog‘lig‘iga hech qanday xavf yo‘q.
Rossiya Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, samolyot o‘q-dorilar to‘plamisiz parvoz qilgan. Guvohlarning aytishicha, samolyot Svirsk shahri yaqinida qulagan.
Tu-22M3 — uzoq masofali tovushdan tez uchuvchi bombardimonchi raketa tashuvchi samolyoti, uning qiymati taxminan 100 million dollar. Bu samolyotlar Rossiya Havo-kosmik kuchlarining uzoq masofali aviatsiyasi tarkibiga kiradi. Uzoq masofali aviatsiya samolyotlari Rossiya yadroviy triadasining tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi, biroq ular oddiy raketa-bomba qurollari, jumladan, qanotli raketalar bilan ham zarba berishi mumkin.
Tu-22M3 samolyotlari 2025 yil aprel oyida Irkutsk viloyatining Usolsk tumanida, 2024 yil avgust oyida esa Irkutsk viloyatining Cheremxov tumanida halokatga uchragan edi.
Mavzuga oid
09:59 / 05.07.2026
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50 / 04.07.2026