O‘zbekiston | 11:00
884
2 daqiqa o‘qiladi

KABEL TECH: 110 kV kabel ishlab chiqarishda yangi bosqich

«KABEL TECH ENERGY» kompaniyasi jadal o‘sish, texnologik rivojlanish va xalqaro darajadagi intilishlarini namoyon etib, mintaqadagi kabel-o‘tkazgich sanoati yetakchilaridan biri sifatidagi o‘z mavqeyini mustahkamlab bormoqda.

Foto: KABEL TECH

Bugun korxona elektr energetikasi va telekommunikatsiya sohalari uchun zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yirik sanoat majmuasi hisoblanadi. Bu yerda elektr uzatish tarmoqlari uchun sim va kabellar, shuningdek yuqori texnologiyali optik tolali mahsulotlar ishlab chiqariladi. Korxona mahsulotlari O‘zbekistonda ham, xorijiy bozorlarda ham talabgirdir.

Rivojlanishning yangi bosqichidagi asosiy voqea – 110 kV kuchlanishli yuqori voltli kabel ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi bo‘ldi. Buni O‘zbekiston elektrotexnika tarmog‘i uchun texnologik yutuq deb atash mumkin.

Yaqin vaqtgacha korxona 35 kV gacha bo‘lgan kabel mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan edi. 110 kV kuchlanishli kabel ishlab chiqarishga o‘tish yirik sarmoyalar va ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilishni talab qildi. Shu maqsadda kompaniya ilg‘or muhandislik yechimlarini joriy qildi va sifat standartlarini yangi bosqichga olib chiqdi.

Korxonaga jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilarining zamonaviy texnologik liniyalari o‘rnatildi. Ular ishonchlilik, xavfsizlik va xizmat muddati bo‘yicha yuqori xalqaro talablarga javob beradigan mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini bermoqda.

Xodimlarning bir qismi maxsus o‘quv kurslaridan o‘tdi, yangi mutaxassislar jalb qilindi. Natijada korxona jahon darajasidagi loyihalarni amalga oshirishga qodir muhandislik bazasini yaratdi.

ILAC standartlari bo‘yicha xalqaro sertifikatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tilgani muhim yutuqlardan biri bo‘ldi. Mahsulot sinovlari akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalarda o‘tkazilib, ularning natijalari 100 dan ortiq mamlakatda tan olinadi.

Yangi 110 kV liniyaning loyiha quvvati yiliga 1000 kilometrdan ziyod yuqori voltli kabel ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Bu mamlakat energetikasi va infratuzilmasi rivojiga xizmat qilib, eksport salohiyatini kengaytirish uchun mustahkam zamin yaratadi.

Reklama huquqi asosida

Моҳидил Абдуллаева
Tayyorlagan Моҳидил Абдуллаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish