Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
Neft narxi AQSh va Isroil Eronga zarba bera boshlaganidan keyingi birinchi savdo kuni - 2 martdan beri eng past darajaga tushdi.
18 iyun kuni Londonning ICE Futures birjasida Brent neftining avgust fyucherslari narxi 3,51% ga tushib, bir barrel uchun 76,76 dollarni tashkil etdi. Bu haqda RBK xabar berdi.
Neft narxi AQSh va Isroil Eronga zarba bera boshlaganidan keyingi birinchi savdo kuni - 2 martdan beri eng past darajaga tushdi.
IG tahlilchisi Toni Sikamor Reuters bilan suhbatda bozor Eron neftining kutilganidan tezroq bozorga qaytishiga umid qila boshlagani sababli narxlar pasayishi davom etganini ta’kidladi.
18 iyun kuni Eron va AQSh o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi, unda mojaroni tugatish bo‘yicha dastlabki kelishuvlar belgilangan. Hujjat 14 banddan iborat bo‘lib, ular orasida barcha jabhalarda harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatish, Eronga qarshi harbiy-dengiz qamali va sanksiyalarni bekor qilish, Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish va Tehron tomonidan yadro qurolini ishlab chiqishdan voz kechish va boshqalar bor.
NBC News ma’lumotlariga ko‘ra, 19 iyun kuni Shveytsariyada uchrashuv bo‘lib o‘tadi - AQSh vitse-prezidenti Jyey Di Vens yakuniy kelishuv bo‘yicha dastlabki aloqalarni boshlash uchun u yerga boradi; shundan so‘ng 60 kunlik muzokaralar davri boshlanadi.