Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sanepidqo‘mita qovun va tarvuz tanlash qoidalarini eslatdi
Tarvuz va qovun tanlashda bir qator muhim jihatlarga e’tibor qaratish tavsiya etiladi. Tarvuzning po‘stlog‘i butun, band qismi quruq bo‘lishi, yerda yotgan qismidagi dog‘ to‘q sariq tusda bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Yoz fasli kelishi bilan aholi orasida tarvuz va qovun iste’moli sezilarli darajada ortadi. Shu bilan birga, ushbu poliz mahsulotlarida nitratlar miqdori va ularning inson salomatligiga ta’siri haqidagi savollar ham ko‘paymoqda.
Sanepidqo‘mitaning ma’lumot berishicha, nitratlar o‘simliklar o‘sishi uchun zarur bo‘lgan tabiiy birikmalar hisoblanadi. Biroq ularning mahsulot tarkibida me’yordan ortiq to‘planishi inson salomatligi uchun xavf tug‘dirishi mumkin.
Sanitariya qoidalariga muvofiq, tarvuzlarda nitratlarning ruxsat etilgan miqdori 60 mg/kg, qovunlarda esa 90 mg/kg etib belgilangan.
Nitratlarning yuqori miqdori mahsulotning tashqi ko‘rinishi yoki ta’mi orqali har doim ham aniqlanavermaydi. Oddiy ta’m bilish retseptorlari orqali nitratlar bor-yo‘qligini bilish qiyin. Ayrim hollarda ortiqcha azotli o‘g‘itlar ta’sirida yetishtirilgan mahsulotlar suvsimon, ta’mi past yoki o‘ziga xos metall ta’mli bo‘lishi mumkin.
Nitratlar inson organizmiga tushgach, nitritlarga aylanishi mumkin. Bu esa qondagi gemoglobinning kislorod tashish qobiliyatini pasaytiradi va organizmda kislorod yetishmovchiligini keltirib chiqaradi. Shuningdek, ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i, holsizlik kabi belgilar kuzatilishi mumkin.
Mutaxassislar ayrim holatlarda nitratlardan hosil bo‘ladigan nitrozaminlar onkologik xavf omillaridan biri hisoblanishini ham ta’kidlaydi. Nitratlar miqdorini aniqlash maxsus laboratoriyalarda amalga oshiriladi. Bunda ionometriya, spektrofotometriya va xromatografiya kabi yuqori aniqlikka ega usullar qo‘llaniladi. Shu bilan birga, iste’molchilar ixtisoslashgan nitrat-testerlar yoki ekotesterlar yordamida mahsulotlardagi nitrat miqdorini taxminiy baholashi mumkin.
Tarvuz va qovun tanlashda bir qator muhim jihatlarga e’tibor qaratish tavsiya etiladi. Tarvuzning po‘stlog‘i butun, band qismi quruq bo‘lishi, yerda yotgan qismidagi dog‘ to‘q sariq tusda bo‘lishi maqsadga muvofiq. Pishgan tarvuz chertilganda bo‘g‘iq va chuqur ovoz chiqaradi. Qovun esa o‘ziga xos xushbo‘y hid taratishi, po‘stlog‘i qattiq va tashqi ko‘rinishi shikastlanmagan bo‘lishi lozim.
Mutaxassislar mahsulotlarni faqat rasmiy savdo nuqtalari va dehqon bozorlaridan xarid qilishni tavsiya etadi. Kesilgan tarvuz va qovunlarni sotib olishdan saqlanish, mahsulotning laboratoriya tekshiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan qiziqish ham muhim ahamiyatga ega.
Mavzuga oid
17:44 / 02.06.2026
Ebola virusining O‘zbekistonda tarqalish xavfi past - Sanepidqo‘mita
18:13 / 21.05.2026
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi tashkil etiladi
15:52 / 23.04.2026
Aholi orasida meningokokk infeksiyasi biroz ko‘paydi – Sanepidqo‘mita
21:04 / 24.02.2026