Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
Oq uy ma’lumotlariga ko‘ra, Vens safarni bekor qilgan, chunki bo‘lajak texnik muzokaralar rejalari hali «to‘liq kelishilmagan».
AQSh vitse-prezidenti Jyey Di Vens Eron delegatsiyasi bilan bevosita muzokaralar o‘tkazishi kerak bo‘lgan Shveytsariyaga safarini bekor qildi. 19 iyun kuni Burgenshtok tog‘ kurortida o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuv qoldirildi, deb tasdiqladi Shveytsariya TIV.
Oq uy ma’lumotlariga ko‘ra, Vens safarni bekor qilgan, chunki bo‘lajak texnik muzokaralar rejalari hali «to‘liq kelishilmagan».
«Bu muzokaralarning logistikasi hech qachon oddiy yoki oldindan aytib bo‘ladigan emas. Ayni paytda vitse-prezident bugun kechqurun [Shveytsariyaga] uchib ketmaydi», deb Oq uy vakilining bayonotidan iqtibos keltirdi Amerika ommaviy axborot vositalari.
Shu bilan birga, u AQSh delegatsiyasi birinchi imkoniyatdayoq uchrashuvga borishga tayyorligini va imkon qadar tezroq texnik muzokaralarni boshlashga umid qilayotganini ta’kidladi.
Reuters agentligi xabariga ko‘ra, Shveytsariya Tashqi ishlar vazirligi shundan so‘ng AQSh va Eron o‘rtasida 19 iyunga rejalashtirilgan muzokaralar o‘tkazilmasligini ma’lum qilgan.
Tehron hozircha uchrashuvning bekor qilinishiga munosabat bildirmadi.
Mavzuga oid
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
08:59 / 10.07.2026
Eronda Ali Xominaiy dafn etildi
20:35 / 09.07.2026