Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron yana Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopilganini e’lon qildi
Eron yana Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopilganini va tinchlik muzokaralari to‘xtatilganini e’lon qildi. Eron AQSh va Isroil talablarni bajarmaguncha bo‘g‘oz yopiq qolishini ma’lum qildi.
BILD xabariga ko‘ra, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) mintaqadagi kemalarga bo‘g‘ozga yaqinlashmaslik haqida tegishli ogohlantirish va buyruq bergan.
«Isroil qo‘shinlarining Livandan olib chiqilishi, dengiz blokadasining to‘liq bekor qilinishi va Amerika askarlarining Fors ko‘rfazi hamda mintaqadan olib chiqilishi Eron va AQSh o‘rtasidagi kelishuvning asosiy shartlaridan biri bo‘lgani sababli, boshqa ikki shart bajarilmaguncha Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopiqligicha qoladi», deb ta’kidladi IIQK.
Shu bilan birga, Tehron kemalar kamida 48 soat oldin tranzit uchun ariza topshirgan taqdirda bo‘g‘ozdan o‘tishi mumkinligini ta’kidladi. Ular faqat belgilangan talablarga rioya qilingan taqdirdagina ma’qullanadi.
O‘z navbatida, AQSh prezidenti Donald Tramp Eron tomonidan Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopilgani haqidagi ma’lumotlarga munosabat bildirdi.
«Biz uchrashuvga umidsizlik tufayli bormaganimiz noto‘g‘ri, umidsizlikka Eron tushdi. Ularning kuni bitdi! 60 kunlik muddat tugashini kutamiz. Ular bir sent ham, hatto o‘n sent ham olmaydi», dedi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
14 iyun kuni AQSh va Eron urushni to‘xtatish bo‘yicha doiraviy kelishuvga erishganini ma’lum qildi. Xususan, Eronning Amerika tomonidan qamal qilinishi bekor etilishi va kemalarning Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tishi tiklanishi kutilgan edi.
Hadli bitim shartlari orasida Eronga sarmoya jalb qilish uchun mo‘ljallangan 300 milliard dollarlik xususiy fond tashkil etish ham ko‘zda tutilgan edi.
Mavzuga oid
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
12:28 / 10.07.2026
Tramp Ukrainaga Patriot uchun raketalar litsenziyasini va’da qildi
11:07 / 10.07.2026
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
08:59 / 10.07.2026