O‘zbekiston | 11:03
1194
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta oxirida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda

Dam olish kunlari respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asta-sekin ko‘tariladi va yakshanba kuni havo +39…+42 darajagacha isiydi. Faqat ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Foto: Kun.uz

Juma va dam olish kunlari respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda kunning ikkinchi yarmida konvektiv bulutlilik rivojlanishi hisobiga, mahalliy xususiyatga ega qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Markaziy va sharqiy viloyatlarda havo harorati +31…+34 daraja atrofida, janubda +37…+40 darajagacha bo‘ladi. Bu iyun oyining ikkinchi yarmi uchun iqlim me’yorlari atrofida, deydi sinoptiklar.

Respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida va cho‘l zonasida ushbu kunlarda havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va yakshanba kuni havo +39…+42 darajagacha isiydi.

Shamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to‘zonlar bilan kuzatiladi. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkent shahrida 19–21 iyun kunlari kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kunduzi +31…+34 daraja bo‘ladi.

Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 12–15 metr/soniyagacha kuchayadi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid