Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
Ukraina rahbari Belarus hududidagi retranslyatorlarni olib tashlashni talab qildi, chunki ular Rossiya dronlari harakatini muvofiqlashtirmoqda.
Agar Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya dronlarining Ukrainaga hujumlarini muvofiqlashtiradigan Belarus hududidagi retranslyatorlar ishini to‘xtatmasa, bir haftadan so‘ng buni ukrainaliklar amalga oshiradi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy matbuot anjumani chog‘ida ma’lum qildi.
«Ortiqcha gapning keragi yo‘q. Uning minoralarida retranslyatorlar bor. Rossiyaliklarmi, belaruslarmi – bizga nima farqi bor. Ukraina bilan chegaradosh ikki viloyat bo‘ylab Ukraina aholisiga qarata o‘t ochayotgan texnikalar mavjud», dedi Ukraina prezidenti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Lukashenko urushga jalb qilinishini istamasa, bu texnikani olib tashlashi kerak.
«O‘ylaymanki, buni amalga oshirish uchun bir hafta yetarli bo‘ladi. Nega hafta deyapman? Chunki hozir har kuni buning oqibatida tinch aholimiz halok bo‘lmoqda. Bolalar yaralandi. Agar u buni qilmasa, o‘zimiz qilamiz», deb ta’kidladi Zelenskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, keng ko‘lamli urush boshlanganida Ukrainaga ko‘plab raketalar Belarus hududidan uchirilgan. Zelenskiyning ta’kidlashicha, u Lukashenkoning vaziyatni nazorat qilmagani, balki Rossiya harakat qilgani haqidagi so‘zlariga ishonmaydi.
Mavzuga oid
09:06
Fedorov Ukraina mudofaa vaziri lavozimini tark etdi
08:58
Ukrainada yangi bosh vazir tayinlanishi kutilmoqda
22:07 / 15.07.2026
Rossiyada migrantlar harakatini kuzatish uchun telefon sotib olishga majburlanishi mumkin
17:37 / 15.07.2026