Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu tarixda birinchi bo‘lib 6 ta jahon chempionatida gol urdi
Krishtianu o‘zi ishtirok etgan 6 ta jahon chempionatining har birida gol urdi va tarixdagi birinchi shunday futbolchiga aylandi.
Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu JCh-2026 guruh bosqichi 2-turida O‘zbekiston bilan o‘yinda hisobni ochdi va ko‘p o‘tmay dubl qayd etdi (xabar yozilgan vaqtda o‘yin davom etmoqda).
Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi futbolchisi 6-daqiqada Joau Kanseluning, 39-daqiqada esa Bruno Fernandeshning uzatmasidan gol urdi. Bu Ronaldu uchun ushbu jahon chempionatidagi ilk gollardir.
Shunday qilib, Krishtianu o‘zi ishtirok etgan 6 ta jahon chempionatining har birida gol urdi va tarixdagi birinchi shunday futbolchiga aylandi. Messi Argentina milliy jamoasi safida 5 ta mundialda gol urgan.
Krishtianu Ronalduning jahon chempionatlaridagi barcha gollari:
-
2006 (Germaniya): 1 gol
-
2010 (JAR): 1 gol
-
2014 (Braziliya): 1 gol
-
2018 (Rossiya): 4 gol
-
2022 (Qatar): 1 gol
-
2026 (Kanada/Meksika/AQSh): hozircha 2 gol
Mavzuga oid
12:24 / 12.07.2026
JChda yana bir noyob holat ro‘y berdi: norveglar Angliyaning goli nohaq urilganini aytmoqda
08:13 / 12.07.2026
Angliya Norvegiyani turnirdan chiqarib yubordi
21:10 / 09.07.2026
Tungi futbol tomoshasi vazn ortishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
19:28 / 08.07.2026