Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
Ukrainalik bokschi kamarlarni bo‘shatayotganini, biroq sportdan ketmasligini ta’kidladi.
Ukrainalik Oleksandr Usik superog‘ir vazn toifasida Xalqaro boks federatsiyasi (IBF), Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) va Butunjahon boks kengashi (WBC) versiyalari bo‘yicha chempionlik kamarlaridan voz kechdi. Bu haqda 39 yoshli bokschi ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi.
«Men hozir o‘zimga tegishli bo‘lgan barcha kamarlarni bo‘shatib bermoqchiman, toki navbatdagi nomzodlar ular uchun jang qilsin. Men kamarlarni bo‘shatyapman, lekin sportdan ketmayapman. Menda hali «so‘nggi raqs» bor», dedi Usik.
So‘nggi jangida Usik 23 may kuni Giza ehromlari majmuasi hududida niderlandiyalik kikbokschi Rik Verxuvenni 11-raundda texnik nokautga uchratib, WBC chempionlik unvonini himoya qilgan edi.
Usik professional ringdagi barcha 25 ta jangida g‘alaba qozongan. U ikki marta superog‘ir vaznda, yana bir marta birinchi og‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni bo‘lgan.
Chempionlik kamarlaridan voz kechish professional sportda kundalik holat bo‘lmasa-da, normal hodisa sanaladi. Bu odatda sportchining faoliyatini yakunlaganini anglatmaydi. Ba’zida bokschilar boshqa vazn toifasiga o‘tish, serdaromadroq janglar o‘tkazish yoki yirik to‘qnashuvlarni tashkil etishga to‘sqinlik qiladigan majburiy himoya janglaridan qochish uchun o‘z ixtiyori bilan unvonlarini bo‘shatib beradi.
Mavzuga oid
21:37 / 16.07.2026
Sergey Koretskiy Ukrainaning yangi bosh vaziri etib tayinlandi
20:14 / 16.07.2026
Zelenskiy yana mudofaa vazirini almashtirmoqda. Bu namoyishlarga sabab bo‘ldi
09:06 / 16.07.2026
Fedorov Ukraina mudofaa vaziri lavozimini tark etdi
08:58 / 16.07.2026