Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
Buyuk Britaniya qiroli Charlz III o‘z daromadlari va to‘lagan soliqlari haqidagi ma’lumotlarni ixtiyoriy ravishda oshkor qilgan birinchi Britaniya monarxi bo‘ldi.
Bukingem saroyi ma’lumotlariga (.pdf) ko‘ra, 2024-2025 soliq yilida u 12,9 million funt sterling (17 million dollar) to‘lagan. Shu tariqa, monarx Buyuk Britaniyaning 100 nafar eng yirik soliq to‘lovchilar qatoriga kirdi.
Shuningdek, 2024-2025-moliyaviy yil uchun shahzoda Uilyam daromad solig‘i va kapital o‘sishi solig‘i sifatida ixtiyoriy ravishda 7,76 million funt sterling (taxminan 10 million dollarga teng) to‘lagan.
Charlz III 2022 yil sentabr oyida taxtga o‘tirganidan beri qirol va uning to‘ng‘ich o‘g‘li shahzoda Uilyam tomonidan budjetga ixtiyoriy ravishda to‘langan soliqlarning umumiy miqdori (Buyuk Britaniyaning HMRC soliq xizmati orqali) 50 million funt sterlingdan oshdi.
Bukingem saroyining ta’kidlashicha, qirol Charlz III va shahzoda Uilyamning soliq to‘lovlarini tarixiy tarzda oshkor qilish monarx va uning merosxo‘rining shaxsiy tashabbusi bo‘lib, moliya ochiqligini oshirish kampaniyasi doirasida amalga oshirilgan.
Mavzuga oid
19:09 / 14.07.2026
Elektromobillarda eng ko‘p uchraydigan nosozliklar ma’lum qilindi
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
08:53 / 09.07.2026
Kreativ industriyaga soliq yengilliklari berildi
18:51 / 08.07.2026