Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Quyosh urganda nima qilish kerak? - shifokor maslahatlari
Avvalo, shifokor soat 11 dan 17 gacha quyoshga iloji boricha kamroq chiqishni maslahat beradi. Agar baribir ko‘chaga chiqish kerak bo‘lsa, albatta bosh kiyim kiying.
Jazirama issiq tufayli quyosh urishi xavfi ortadi. Oilaviy shifokor, tibbiyot fanlari nomzodi Igor Zastavniy quyosh urishidan qanday saqlanish va agar u sodir bo‘lsa, nima qilish kerakligini tushuntirdi.
Avvalo, shifokor soat 11 dan 17 gacha quyoshga iloji boricha kamroq chiqishni maslahat beradi. Agar baribir ko‘chaga chiqish kerak bo‘lsa, albatta bosh kiyim kiying.
Agar siz bu vaqtda ko‘chaga chiqishingiz kerak bo‘lsa, iloji boricha ko‘proq soyada bo‘lish maqsadga muvofiq. Bu vaqtda aslo oftobda qoraymaslik kerak. Shuningdek, yetarli miqdorda suyuqlik ichish zarur.
Bundan tashqari, SPF (quyoshdan himoyalovchi krem) ishlatish maqsadga muvofiqdir. Bu nafaqat quyosh urishidan himoya qilish, balki kuyishning oldini olish uchun ham juda muhim vositadir.
«Gap melanoma profilaktikasi haqida ketmoqda, chunki bu teri saratoni va boshqa shunga o‘xshash kasalliklardir», deb ta’kidladi Zastavniy.
Quyosh urishining belgilari qanday va uni qanday davolash mumkin?
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, quyosh urishining alomatlari ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, holsizlik va ko‘p terlashdir. Agar odamda bunday alomatlar kuzatilsa, uni darhol quyosh nurlaridan uzoqlashtirish lozim.
Odamni soyaga o‘tkazish, shuningdek, ustidan sovuq suv quyish kerak. Bundan tashqari, ko‘p miqdorda suyuqlik iste’mol qilish zarur. Agar bosh og‘rig‘i yoki isitma kabi alomatlar bo‘lsa, ularga qarshi dori-darmonlar qabul qilish mumkin. Masalan, tarkibida paratsetamol bo‘lgan dorilar biroz yengil his qilishga yordam beradi.
«Biroq, agar ahvol yaxshilanmasa va holat deyarli hushdan ketishga olib kelsa, qusish va hokazolar paydo bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qilish kerak», deb tushuntirdi Zastavniy.
Mavzuga oid
17:18 / 28.06.2026
Yevropada noodatiy jazirama kuzatilmoqda – suratlar
23:45 / 27.06.2026
Germaniyada jazirama harorat bo‘yicha yangi rekord
22:51 / 21.06.2026
Fransiyada jazirama issiq tufayli qizil darajadagi xavf e’lon qilindi
11:06 / 06.08.2025