Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni AQSh Mustaqillik kuni bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti joriy yil dekabrida Mayami shahrida bo‘lib o‘tadigan “Katta yigirmalik” sammiti doirasidagi uchrashuvni katta qiziqish bilan kutayotganini ta’kidladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampga AQSh milliy bayrami – Mustaqillik kuni hamda mamlakat mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
“Sizga hamda do‘st Amerika xalqiga ko‘p millatli O‘zbekiston xalqi nomidan eng samimiy tabriklar va ezgu tilaklarni yo‘llashdan g‘oyat mamnunman.
Sizning dadil va shijoatli rahbarligingiz ostida AQSh iqtisodiy qudrati va ta’sirini yanada oshirib, global taraqqiyot hamda xavfsizlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutmoqda, barcha davlatlar bilan amaliy hamkorlik aloqalari jadal rivojlanmoqda”, – deyiladi maktubda.
Shavkat Mirziyoyev bunday ijobiy jarayonlar O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi aloqalarni har tomonlama kengaytirish uchun mustahkam zamin yaratayotgani, o‘zaro hurmat, ishonch va mushtarak manfaatlarga asoslangan munosabatlar yangi mazmun bilan boyib borayotganini ta’kidladi.
Maktubda o‘zaro savdo hajmini oshirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish, muhim mineral resurslar va innovatsion kooperatsiya sohalaridagi hamkorlikni chuqurlashtirish ikki tomonlama munosabatlarning ustuvor yo‘nalishlari hisoblanishi qayd etildi.
Shuningdek, xavfsizlik sohasidagi muloqot va amaliy sheriklikni yanada mustahkamlashdan manfaatdorlik bildirildi. Noqonuniy migratsiya, terrorizm, ekstremizm, transmilliy jinoyatchilik, narkotik vositalar noqonuniy aylanishi va boshqa zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashishda birgalikdagi sa’y-harakatlarni kengaytirish dolzarb ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
O‘zbekiston rahbari mintaqaviy va global formatlar, avvalo, «S5+1» platformasi, BMT hamda boshqa xalqaro institutlar doirasidagi hamkorlik prezident Donald Trampning faol qo‘llab-quvvatlashi bilan sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilishiga ishonch bildirdi.
Shu o‘rinda Shavkat Mirziyeyov joriy yil dekabr oyida Mayami shahrida bo‘lib o‘tadigan “Katta yigirmalik” sammiti doirasidagi uchrashuvni katta qiziqish bilan kutayotganini ta’kidladi.
Mavzuga oid
14:15
Prezident O‘zgarish mahallasida aholi bilan suhbatlashdi
13:49
23 yillik tarixiy tashrif. Gurjiston bilan aloqalarning yaxshilanishi nega muhim?
13:07
Shavkat Mirziyoyev Sergelidagi zamonaviy xususiy tibbiyot markazi bilan tanishdi
11:55