O‘zbekiston | 11:27
1380
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta davomida harorat ko‘tariladi

Iyul oyi boshida kuzatilgan salqin ob-havodan so‘ng, ushbu haftada harorat asta-sekin ko‘tarilib boradi. Shimolda, janubda va cho‘l hududlarda havo kunduzi +39…+42 darajagacha isiydi. Joylarda shamol kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Foto: Kun.uz

6–11 iyun kunlari respublika bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Iyul oyi boshida kuzatilgan salqin ob-havodan so‘ng, ushbu haftada O‘zbekiston hududi bo‘yicha harorat tartibi odatiy yozgi ko‘rsatkichlarga asta-sekin qaytadi. Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi, ammo qiymatlar iyul oyiga xos chegaralarda qoladi.

Dushanba kuni kunduzi havo +34…+37 darajagacha isiydi, keyingi kunlarda esa kunduzgi harorat +37…+40 darajaga yetadi. Shimolda, janubda va cho‘l hududlarda harorat asosan kunduz kunlari +39…+42 daraja bo‘ladi.

Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida 6–11 iyul kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 10–12 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.

Dushanba va seshanba kunduzgi havo harorati +35…+38 daraja bo‘ladi, keyinchalik asta-sekin +38…+40 darajagacha ko‘tariladi. Harorat kechalari +22…+25 daraja atrofida bo‘ladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid