Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh 100 yil ichida birinchi marta dumaloq bo‘lmagan tanga chiqaradi
Bir unsiya og‘irlikdagi «Ozodlik jomi» oltin tangasi - AQSh eng yangi tarixidagi birinchi dumaloq bo‘lmagan tanga hisoblanadi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari zarbxonasi 16 iyul kuni Amerika tashkil etilganining 250 yilligi munosabati bilan oltin va kumushdan Ozodlik jomi shaklidagi tanga va medalni chiqaradi. Bu haqda vazirlik saytidagi xabarda aytiladi.
Zarbxona allaqachon 1 unsiya va yarim unsiya (15,55 g) oltin tangalar va 1 unsiya kumush medalni chiqargan. Har bir mahsulotning adadi mamlakat uchun muhim voqea yilini aks ettiradi - 2026 dona.


«Bir unsiya og‘irlikdagi «Ozodlik jomi» oltin tangasi - AQSh eng yangi tarixidagi birinchi dumaloq bo‘lmagan tanga. «Ozodlik jomi» uzoq vaqt davomida ko‘plab amerikaliklar uchun erkinlik ramzi bo‘lib xizmat qilgan, ammo hech bir ramz AQSh tug‘ilishiga olib kelgan suverenitet uchun inqilobiy kurash kabi muhim ahamiyatga ega bo‘lmagan», deyiladi zarbxona saytida.
Old tomonida darz ketgan Ozodlik jomi va LIBERTY («Ozodlik») yozuvi tasvirlangan. Tangaga «1776 ~ 2026» sanalari va «IN GOD WE TRUST» («Biz Xudoga ishonamiz») yozuvi tushirilgan. Orqa tomonda bayram mushakbozligi fonida Ozodlik jomining asl joyi bo‘lgan Independence Hall (Mustaqillik zali) tasvirlangan.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50 / 11.07.2026
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026