Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda Ali Xominaiyning dafn marosimi o‘tkazilmoqda – suratlar
Eronda vafot etganiga to‘rt oy bo‘lgan Ali Xominaiy dafn etilmoqda. Vidolashuv marosimi olti kunga cho‘zilgan. Yig‘ilganlar «Amerikaga o‘lim!» deb hayqirmoqda.
Eronda mamlakatning marhum rahbari, fevral oyi oxirida – Yaqin Sharqdagi urushning ilk kunida Isroilning Tehronga yo‘llagan aviazarbasi oqibatida halok bo‘lgan Ali Xominaiy dafn etilmoqda. Videolashuv marosimi olti kun davom etadi. Marosim 3 iyul kuni Tehronda boshlangandi, u yerda Xominaiyning tobuti qo‘yilgan imom Humayniy masjidiga o‘n minglab eronliklar kelishdi. Keyin marosim Qum shahriga ko‘chdi. Shundan keyin tobut Iroqqa olib boriladi va u yerda ham motam marosimlari o‘tkaziladi – Najaf va Karbalo shaharlarida (bu shaharda shialarning asosiy qadamjolaridan biri joylashgan). 9 iyul kuni Ali Xominaiy o‘zi tug‘ilgan Mashhad shahriga dafn etiladi.
Tehronda, Xominaiyning tobuti shahar bo‘ylab olib yurilganida uning ortidan harakatlangan odamlar Amerika va Isroilga o‘lim tilab hayqirishdi. Ko‘pchilikning qo‘lida «Trampni o‘ldiring!», «Bibiga o‘lim!», «Biz siz uchun boramiz!» va «Bosh ko‘taramiz!» shiorlari yozilgan plakatlar bo‘lgan. Odamlar qasosni ifodalovchi qizil bayroqlarni ko‘tarishgan va shunday hayqirishgan: «Qasos, qasos!» Yig‘ilganlardan ko‘pchiligi ko‘z yosh to‘kkan. Ali Xominaiyning o‘limidan keyin katta o‘g‘li Mujtaba Xominaiy uning vorisiga aylandi, u ham aviazarba vaqtida otasi bilan bir binoda bo‘lgan va jiddiy tan jarohatlari olgan. Shundan buyon Mujtaba Xominaiy jamoatchilikka ko‘rinish bermadi. Otasining dafn marosimida ham qatnashmayapti.
Fatemeh Bahrami / Anadolu / Getty Images
Iranian Supreme Leaderʼs Office / ZUMA Press / Scanpix / LETA
Alkis Konstantinidis / Reuters / Scanpix / LETA
Arezoo / MEI / SIPA / Scanpix / LETA
Anadolu / Getty Images
Ahmadreza Taheri / WANA / Scanpix / LETA
Mavzuga oid
22:21 / 17.07.2026
Urush yana qaytalandi. Nega?
10:48 / 17.07.2026
AQShning Eronga zarbalari oltinchi kecha ham davom etdi
10:15 / 17.07.2026
Ahmadinajod atrofidagi shov-shuv: Isroil uni og‘dirib olmoqchi bo‘lganmi?
12:03 / 16.07.2026