Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
iPhone 18 Pro yangi kamera va akkumulyator tufayli sezilarli darajada qalinlashadi
Yangi smartfon korpusining qalinligi 9,9–10,9 millimetrni tashkil etadi. Hozirgi modelda bu ko‘rsatkich 8,75 millimetrga teng.
Bo‘lajak iPhone 18 Pro o‘zidan oldingi iPhone 17 Pro’dan qalinroq bo‘ladi, deb xabar berdi Fixed Focus Digital insayderi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, smartfon taxminan ikki millimetrga qalinlashadi.
Demak, yangi smartfon korpusining qalinligi 9,9–10,9 millimetrni tashkil etadi. Hozirgi modelda bu ko‘rsatkich 8,75 millimetrga teng. Kamera blokining bo‘rtib chiqqan qismi ham kattalashadi — 11,54 millimetrgacha (avvalgisida 11,23 millimetr).
O‘lchamlarning kattalashishi yangilangan asosiy kamera bilan izohlanmoqda. Mish-mishlarga qaraganda, iPhone 18 Pro birinchi marta o‘zgaruvchan diafragmali sensorga ega bo‘ladi. Aytgancha, u Apple uchun hozirgi obektivdan qariyb 50 foiz qimmatroqqa tushadi, bu esa qurilmaning yakuniy narxiga ham ta’sir qilishi mumkin.
Korpus hajmining ortishi akkumulyator bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin: mish-mishlarga ko‘ra, Pro Max versiyasining sig‘imi 5567 mA·soat (hozirgi avlodda 5088 mA·soat) ko‘rsatkichiga oshadi. Shu bilan birga, smartfon o‘tgan yili taqdim etilgan tekis qirrali alyuminiy romlarni saqlab qoladi. Kompaniya hozircha titanga qaytishni rejalashtirmayapti.
Yangi flagmanlar sentabr oyida birinchi buklanma iPhone bilan bir vaqtda chiqarilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
21:19 / 06.07.2026
Nokia sun’iy intellektga ega tugmali telefonlarni taqdim etdi
08:55 / 06.07.2026
iPhone 18 Pro haqidagi maxfiy hujjatlar sizdirildi
20:00 / 03.07.2026
Gadjetlar qimmatlamoqda: chiplarning global taqchilligi smartfon va noutbuklar narxini oshiryapti
20:12 / 01.07.2026