O‘zbekiston | 20:11
1320
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Belarusga rasmiy tashrif bilan bordi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Minsk shahriga yetib bordi.

Belarus poytaxtidagi xalqaro aeroportda davlat rahbarini Belarus bosh vaziri Aleksandr Turchin, tashqi ishlar vaziri Maksim Rijyenkov hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

Shavkat Mirziyoyev Minsk shahrida G‘alaba monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi.

Harbiy orkestr ijrosida ikki davlat madhiyalari yangradi. Faxriy qorovul askarlari tantanali ravishda yurib o‘tdi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Mustaqillik saroyida O‘zbekiston va Belarus yetakchilari muzokara o‘tkazadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid