Prezident Shavkat Mirziyoyev Belarusga rasmiy tashrifi doirasida 8 iyul kuni Minsk shahrida Aleksandr Lukashenko bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi.

Lukashenko mehmonni samimiy qutlab, tashrif uchun minnatdorlik bildirdi. Prezidentlar bo‘lajak muzokaralar kun tartibi yuzasidan fikr almashdilar.

Tashrif arafasida bo‘lib o‘tgan tadbirlar, shu jumladan, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokidagi Hududlararo forum yakunlari yuqori baholandi.











