Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
Iyun oyida Rossiyaning dengiz orqali neft eksportining 59 foizi aynan shu mamlakat hissasiga to‘g‘ri keldi, Xitoy esa xaridlarni qisqartirishda davom etdi.
Hindiston dengiz orqali tashiladigan Rossiya neftining eng yirik xaridoriga aylandi. Iyun oyida Rossiyaning dengiz orqali neft eksportining 59 foizi aynan shu mamlakat hissasiga to‘g‘ri keldi, Xitoy esa xaridlarni qisqartirishda davom etdi. Bu haqda Vortexa tahliliy kompaniyasining iyun oyidagi hisobotida aytiladi.
Tahlilchilarning baholashicha, iyun oyida Rossiyaning dengiz orqali neft eksporti sutkasiga 4,2 million barrelga yetgan, bu 2026 yil boshidan buyongi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Eksportning asosiy qismi Hindistonga to‘g‘ri kelmoqda. Vortexa hisobotiga ko‘ra, Xitoy neftni qayta ishlash zavodlari Yaqin Sharqning arzonroq neft navlariga o‘ta boshlagan: iyun oyida Xitoyga yuqori xavfli neft importi 25 foizga kamaygan, Shandun provinsiyasidagi mustaqil qayta ishlovchilar esa quvvatlardan foydalanishni qisqartirib, xarid hajmini 26 foizga kamaytirgan. Aynan shu mintaqa Xitoyda Rossiya, Eron va Venesuela neftini qayta ishlashning asosiy markazi bo‘lib qolmoqda.
Shu bilan birga, Hindiston Rossiya xomashyosini xarid qilish hajmini oshirishda davom etdi. May oyiga nisbatan ta’minoti yana 27 foizga o‘sdi.
7 iyul kuni Reuters agentligi Hindiston portlarida Rossiyaning Urals markali neftiga chegirmalar etalon Brent naviga nisbatan bir barrel uchun 10 dollardan oshgani haqida xabar berdi. Bu o‘tgan yozdagidan uch-o‘n baravar ko‘pdir, o‘shanda Urals Brent’dan atigi 1–3 dollar arzonroq sotilgan edi. Bunga Hindiston neftni qayta ishlash kompaniyalari tomonidan talabning pasayishi va muqobil neft yetkazib berish hajmining ortishi sabab bo‘ldi. Martdan iyungacha esa, aksincha, Hindiston va Xitoyda Urals nefti Brent’ga nisbatan ustama narx bilan sotilgan.
Bu Yaqin Sharqdagi mojaro tufayli ta’minotda yuzaga kelgan uzilishlar bilan bog‘liq edi. Mintaqa mamlakatlari, jumladan, Eron tomonidan eksport tiklanganidan so‘ng vaziyat o‘zgardi. Osiyodagi neftni qayta ishlash zavodlarida xarid uchun ko‘proq tanlov imkoniyati paydo bo‘ldi, bu esa Rossiya neftiga bo‘lgan talabni pasaytirdi.
Mavzuga oid
20:36 / 09.07.2026
Putin Ukraina bilan vaziyatni yanada keskinlashtirishga tayyor - OAV
18:02 / 09.07.2026
“O‘g‘limni izlab Moskvaga bordim” – urgutlik otaning iztirobda o‘tgan kunlari
09:58 / 09.07.2026
Yonilg‘i inqirozi: Rossiya dizel eksportini to‘xtatdi
08:58 / 09.07.2026