Texnologiya | 20:15
439
2 daqiqa o‘qiladi

Meta sun’iy intellektga Instagramdagi suratdan egasini ogohlantirmasdan foydalanishga ruxsat berdi

Yangi funksiya shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va foydalanuvchi kontentidan foydalanish bo‘yicha savollarni keltirib chiqardi.

Foto: Getty Images

Meta kompaniyasi sun’iy intellekt yordamida tasvirlarni yaratish va tahrirlash uchun yangi xizmat - Muse Image’ni taqdim etdi.

Xizmat matnli tavsif bo‘yicha tasvirlar yaratadi va tayyor fotosuratlarni tahrirlash imkonini beradi. Yangi sun’iy intellekt tasvirlarini yaratishda Instagramning ochiq akkauntlaridan olingan rasmlardan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Xorijiy texnologik nashrlarning xabar berishicha, foydalanuvchi Meta AI so‘rovida kerakli profilni ko‘rsatishi kifoya. Shundan so‘ng, sun’iy intellekt yangi rasmlarni, jumladan, odam yuzini yaratish uchun akkauntdagi ochiq suratlardan foydalanishi mumkin.

Shu bilan birga, akkaunt egasi uning suratlari rasm yaratish uchun ishlatilganligi haqida xabardor qilinmaydi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, o‘z suratlaridan foydalanishga ruxsat berishni istamagan foydalanuvchilar bu imkoniyatni maxfiylik sozlamalaridan o‘chirib qo‘yishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, Muse Image kompaniyaning qoidalarini buzadigan tasvirlarni yaratishni cheklaydigan himoya mexanizmlari bilan jihozlanganini aytdi. Shu bilan birga, yangi funksiya shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va foydalanuvchi kontentidan foydalanish bo‘yicha savollarni keltirib chiqardi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid