Jahon | 20:36
1577
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Ukraina bilan vaziyatni yanada keskinlashtirishga tayyor - OAV

Reuters nashriga ko‘ra, Putin Rossiya harbiylari tez orada Donbassni egallab olishiga «ishonadi».

Foto: REUTERS/Valentyn Ogirenko

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan tinchlik muzokaralari bo‘yicha takliflarni rad etmoqda va, ehtimol, mojaroni keskinlashtirishga harakat qiladi. Bu haqda Reuters Kremlga yaqin uchta manbaga tayanib xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainaning Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga zarbalarining kuchayishi Putinning jangovar harakatlarni davom ettirishga bo‘lgan qat’iyatini kuchaytirdi. Rossiya prezidenti bilan muntazam uchrashib turadigan Reuters suhbatdoshi yaqin oylarda vaziyatning keskinlashuvi «yuqori ehtimoli» borligini aytdi. U buning qanday ko‘rinishda bo‘lishini aniqlamadi.

Manbalardan birining aytishicha, Rossiya prezidenti Donetsk viloyatining qolgan qismini bosib olish masalasida «murosasiz pozitsiyani egallagan» va yaqinda front chizig‘ida o‘t ochishni to‘xtatishni taklif etgan maslahatchilar guruhini tanqid qilgan. Reuters nashrining boshqa suhbatdoshi ta’kidlaganidek, Putin Rossiya harbiylari tez orada Donbassni egallab olishiga «ishonadi».

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Reuters material uchun izoh so‘rab murojaat qilganida shunday dedi: «Rossiya mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga tayyor, ammo mustaqil harakat qilish va maxsus harbiy operatsiyani davom ettirish uchun yetarli salohiyatga ega».

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid