Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angliya-Norvegiya bahsi boshlanish vaqti kechiktirilishi mumkin
Futbol uchrashuvi boshlanadigan vaqt - soat 17:00da (Toshkent vaqti bilan 02:00) harorat 29-32 darajaga, haroratni his qilish esa 44 darajagacha yetishi kutilmoqda.
Futbol bo‘yicha jahon chempionati chorak finali doirasida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan Angliya va Norvegiya milliy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv vaqti harorat keskin ko‘tarilishi sababli o‘zgarishi mumkin, deb yozmoqda Daily Mail.
Nashr xabariga ko‘ra, Janubiy Floridada issiqlik to‘lqini paydo bo‘lishi xavfi juda yuqori bo‘lib, futbol uchrashuvi boshlanadigan vaqt - soat 17:00da (Toshkent vaqti bilan 02:00) harorat 29-32 darajaga, haroratni his qilish esa 44 darajagacha yetishi mumkin.
Mayami shahrining X ijtimoiy tarmog‘idagi akkaunti aholini «ko‘proq suv ichish, yengil kiyinish va ochiq havoda kamroq harakatlanish»ga chaqirdi.
“Yuqori harorat va namlik jazirama bilan bog‘liq kasalliklar xavfini oshirishi mumkin. Ko‘proq suv iching, yengil kiyimlar kiying, kunning eng issiq paytida ko‘chada kamroq yuring va imkon bo‘lsa vaqtingizni konditsionerli xonada o‘tkazing”, deyiladi ogohlantirishda.
Professional futbolchilar manfaatlarini himoya qiluvchi FIFPRO tashkiloti havo harorati 28 darajadan yuqori bo‘lgan taqdirda matchlarni ko‘chirishni tavsiya qiladi.
Daily Mail Sport nashrining aniqlik kiritishicha, hozircha bugungi o‘yin vaqtini ko‘chirish rejalashtirilmayapti.
Angliya va Meksika milliy jamoalari o‘rtasidagi nimchorak final bahsi ob-havoning yomonlashuvi sababli bir soat keyin boshlangandi
Mavzuga oid
08:16 / 09.06.2026
Norvegiya dunyodagi eng chuqur suvosti tunnelini qurmoqda
08:59 / 28.05.2026
Norvegiya Fransiyaning yadroviy “qalqoni”ga qo‘shildi
21:19 / 16.05.2026
Abduqodir Husanov «Manchester Siti» bilan yana bir sovrinni qo‘lga kiritdi
10:35 / 25.04.2026