Jahon | 20:15 / 13.07.2026
1559
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklar Belarusda ro‘yxatdan o‘tmasdan 10 kungacha qolishi mumkin bo‘ladi

Ikki davlat o‘rtasida o‘zaro safarlarni yengillashtirish to‘g‘risidagi protokol imzolandi.

Amir Sultonov Foto: «O‘zbekiston 24»

O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida o‘zaro safarlar to‘g‘risidagi protokol imzolandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi boshqarma boshlig‘i Amir Sultonov «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi delegatsiyaning Belarusga tashrifi doirasida fuqarolar ikki davlatdan birida ro‘yxatdan o‘tmasdan 10 kungacha qolishi haqida kelishuvga erishilgan. Bu tartib avval 3 kungacha amal qilgan.

«Fuqarolar uchun muhim yangiliklardan biri o‘zaro safarlar to‘g‘risidagi protokol imzolangani bo‘ldi. Unga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lish muddati 3 kundan 10 kungacha uzaytirildi», dedi Amir Sultonov.

Ma’lumot uchun O‘zbekiston fuqarolari Belarusga vizasiz kirish imkoniyatiga ega.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid