Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya prezidentligi sayloviga qo‘yilmagan Boris Nadejdin Moskvada qo‘lga olindi
Siyosatchi «taqiqlangan ekstremistik ramzlarni ommaviy namoyish etish» moddasi bo‘yicha ushlangan. 2024 yilda u Rossiya prezidenti saylovida ishtirok etish uchun nomzodini ro‘yxatdan o‘tkazishga uringan, biroq MSK uni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etgan edi.
Siyosatchi Boris Nadejdin 13 iyul kuni Rossiya Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 20.3-moddasi (taqiqlangan ekstremistik ramzlarni ommaviy namoyish etish) bo‘yicha qo‘lga olindi. Bu haqdagi ma’lumotni The Insider nashriga vaziyatdan xabardor manba tasdiqladi. Bu haqda advokat Dmitriy Trunin ham ma’lum qildi.
Nadejdin Moskvada politsiya bo‘limiga olib ketildi, dedi The Insider suhbatdoshi.
Nadejdinning ushlanishi va ma’muriy ishiga Aleksey Navalniy tilga olingan YouTube videosiga havola sabab bo‘lgan.
Havola Nadejdinning 2023 yil noyabr oyida e’lon qilingan kanalidagi postida bor edi, hozir u o‘chirib tashlangan. Havola faol Elvira Vixarevaning YouTube’dagi «Putinga qarshi nomzod 20 24» kanalidagi videoga olib borgan.
Avvalroq, 10 iyul kuni Nadejdin Adliya vazirligining «xorijiy agentlar» ro‘yxatiga kiritilgan edi. Ushbu ro‘yxatga kiritilgan shaxsga barcha darajadagi saylovlarda ishtirok etish taqiqlanadi.
Advokat Truninning ta’kidlashicha, bu Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 20.3-moddasi bo‘yicha jarimaga tortilgan yoki hibsga olingan nomzodlarga ham tegishli: katta ehtimol bilan ular nomzod sifatida saylovga qo‘yilmaydi va to‘plangan imzolar haqiqiy emas deb topiladi.
Avvalroq Nadejdin Davlat Dumasi saylovlarida o‘z nomzodini qo‘yishini e’lon qilgan, uning shtabi bir necha shaharlarda imzo to‘plashni boshlagan edi.
Nadejdin 1999-2003 yillarda «Soyuz pravyx sil» harakatidan Davlat Dumasi deputati bo‘lgan. 2024 yilda u urushga qarshi nomzod sifatida Rossiya prezidenti saylovida ishtirok etish uchun o‘z nomzodini ro‘yxatdan o‘tkazishga uringan, biroq MSK uning imzolarining bir qismini haqiqiy emas deb topib, ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etgan edi.
Mavzuga oid
23:00 / 13.07.2026
«Qo‘limga qurol olgandan ko‘ra, o‘rmonda o‘lishga tayyor edim» - 14 kunlik xavfli yo‘l
16:29 / 13.07.2026
Rossiya nefti nishonda: zarbalar natija beradimi?
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026