Jahon | 21:57 / 13.07.2026
908
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina va Yevropa davlatlari raketaga qarshi mudofaa koalitsiyasini tuzdi

Yevropaning to‘qqizta davlati Ukraina bilan ballistik mudofaaga qarshi integratsiyalashgan koalitsiya tuzganini e’lon qildi.

Foto: Kay Nietfeld/picture alliance via Getty Images

Birlashmaga Ukrainadan tashqari Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqining sakkizta davlati — Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Niderlandiya, Shvetsiya, Norvegiya va Daniya kirdi.

Koalitsiya doirasida kelajakdagi raketa tahdidlarini jilovlash uchun integratsiyalashgan raketaga qarshi mudofaa arxitekturasini yaratish rejalashtirilgan. Yangi konsepsiya Yevropa mamlakatlaridagi mavjud raketaga qarshi mudofaa tizimlarini to‘ldiradi.

Birinchi bosqichda koalitsiya a’zolari texnik ishchi guruhlarni tuzishni va umumiy operatsion imkoniyatlarni baholash uchun «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqishni boshlashni rejalashtirmoqda.

Yevropa davlatlari so‘nggi oylarda AQSh bilan munosabatlarning yomonlashuvi va Donald Trampning mamlakatni NATOdan chiqarish tahdidi fonida o‘z xavfsizlik tizimlarini qayta shakllantirish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Yevropa Ittifoqi mudofaa masalalarida AQShga kamroq qaram bo‘lishni istaydi - ayniqsa Rossiya bilan ehtimoliy mojaro fonida.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid