Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektromobillarda eng ko‘p uchraydigan nosozliklar ma’lum qilindi
Britaniyaliklar elektromobillar bilan bog‘liq nosozliklar statistikasini o‘rganib, ularning egasi aslida nimadan xavotirlanishi kerakligini aniqladi.
Elektromobil egalari akkumulyatorning qimmatbaho nosozligidan ko‘ra, ko‘proq oddiy mexanik va elektr nosozliklariga duch keladi. Bu haqda Carscoops nashri Warrantywise kompaniyasi tadqiqotiga tayanib xabar berdi. Tadqiqot britaniyaliklarning kafolat bo‘yicha qilgan murojaatlariga asoslangan.
Tadqiqotga ko‘ra, elektromobillarda ko‘pincha ichki yonuv dvigatelli mashinalarda ham mavjud bo‘lgan qismlar ishdan chiqadi. Xususan, nosozliklar soni bo‘yicha elektr jihozlari, jumladan, datchiklar va markaziy qulflash tizimi yetakchilik qilmoqda. Ta’mirlash ishlari o‘rtacha 1085–1205 dollarga tushmoqda.
Podveska qismlari, ayniqsa, richaglar ham tez-tez ishdan chiqyapti. Muammo sabablaridan biri – elektromobillarning vazni og‘irligidir. O‘rtacha hisobda nosozlikni bartaraf etish 1600 dollarga baholanmoqda.
Elektromobillarga xos bo‘lgan muammolar orasida o‘rnatilgan zaryadlash qurilmasining buzilishi ham bor. Uni ta’mirlash o‘rtacha 2890 dollar tursa-da, eng katta da’vo summasi 14 000 dollarni tashkil etgan.
Tortish akkumulyatorlariga kelsak, ular kamdan-kam hollarda ishdan chiqadi. Muammo yuzaga kelgan taqdirda, xarajatlar o‘rtacha 8570 dollarni tashkil etadi.
Warrantywise tahlilchilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2024 yildan 2025 yilgacha bo‘lgan davrda elektromobillarni ta’mirlashning o‘rtacha narxi 10,7 foizga oshgan.
Mavzuga oid
22:34 / 13.07.2026
Fiat Topolino mini-elektromobil AQSh bozoriga chiqdi
23:59 / 12.07.2026
Xitoyliklar telefonlaridan ko‘ra elektromobillarini tezroq yangilashmoqda
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
18:49 / 09.07.2026