Jahon | 22:08
758
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan kemalar o‘tishi uchun to‘lov olish fikridan qaytdi

Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar kemalarning Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tishi uchun to‘lov olmasligini e’lon qildi. Bu haqda AQSh prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

Foto: Reuters

Trampning so‘zlariga ko‘ra, u Yaqin Sharq davlatlari rahbarlari bilan «samarali muzokara» o‘tkazgan, shundan so‘ng to‘lovni Fors ko‘rfazi davlatlari Vashington bilan tuzadigan «savdo va sarmoyaviy kelishuvlar» bilan almashtirishga qaror qilgan.

«Bu sarmoyalar juda katta, ammo ayni paytda ular (bu davlatlar) kelajagi uchun juda foydali bo‘ladi», dedi Tramp.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Ho‘rmuz bo‘g‘ozini to‘liq blokada qilish faqat Eron portlariga boradigan va u yerdan jo‘naydigan kemalar, shuningdek, Eron yuklarini tashiydigan kemalar uchun saqlanib qoladi.

13 iyul kuni Tramp AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozini o‘z nazoratiga olishini va u orqali kemalarning xavfsiz o‘tishini ta’minlagani uchun mukofot olish niyatida ekanini e’lon qildi. Keyinroq u AQSh kemalar o‘tishi uchun oladigan to‘lov tashiladigan yuk qiymatining 20 foizini tashkil etishini aytgan edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid