Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergey Koretskiy Ukrainaning yangi bosh vaziri etib tayinlandi
Koretskiy 2025 yil iyul oyidan beri hukumatni boshqargan va yaqinda iste’foga chiqqan Yuliya Sviridenko o‘rnini egalladi.
Ukraina Oliy Radasi avvalroq «Naftogaz Ukraina» kompaniyasini boshqargan Sergey Koretskiyni bosh vazir etib tayinladi.
Uning nomzodini 289 deputat qo‘llab-quvvatladi, bir deputat qarshi ovoz berdi, yana 21 deputat ovoz berishda ishtirok etmadi.
Koretskiy 2025 yil iyul oyidan beri hukumatni boshqargan va yaqinda iste’foga chiqqan Yuliya Sviridenko o‘rnini egalladi.
Sergey Koretskiy 1978 yil 14 martda Lutskda tug‘ilgan. U 2025 yil aprel oyidan buyon «Naftogaz» boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan, bungacha esa uch yil davomida «Ukrnafta» kompaniyasini boshqargan.