Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2026/2027-o‘quv yili uchun oliygohlarga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul parametrlarini tasdiqladi.
Oliy ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, davlat oliygohlarining bakalavriat kunduzgi ta’lim shakliga 155 ming 852 nafar abituriyent qabul qilinadi.
Qabul o‘rinlarining asosiy qismi o‘zbek tiliga ajratilgan:
-
o‘zbek tilida — 130 843 ta;
-
rus tilida — 19 341 ta;
-
qoraqalpoq tilida — 4 888 ta;
-
qozoq tilida — 335 ta;
-
tojik tilida — 315 ta;
-
qirg‘iz tilida — 75 ta;
-
turkman tilida — 55 ta.
Davlat komissiyasi ayrim toifadagi fuqarolar uchun alohida grant kvotalarini ham tasdiqladi. Jumladan:
-
nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha 2 foizlik davlat granti;
-
yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun 1 foizlik grant;
-
ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari uchun 5 foizlik grant;
-
bojxona organlari xodimlari farzandlari uchun 2 foizlik grant;
-
«Ijtimoiy reyestr»ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun 10 foizlik grant kvotalari ajratildi.
Shuningdek, Qurolli Kuchlar va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari farzandlari uchun davlat grantlari, muddatli harbiy xizmatni o‘tab tavsiyanomaga ega fuqarolar uchun alohida 5 foizlik qabul ko‘rsatkichlari ham tasdiqlandi.
2026/2027-o‘quv yilida kamida besh yillik mehnat stajiga ega ayollar uchun 2 500 ta alohida to‘lov-kontrakt o‘rni ajratildi.
Bundan tashqari, xotin-qizlar uchun kunduzgi ta’lim shakliga qo‘shimcha 4 mingta davlat granti ajratiladi.
Oliy malaka toifasiga ega maktab o‘qituvchilari uchun pedagogika magistraturasiga masofaviy ta’lim shaklida maqsadli qabul ham davom ettiriladi.
Shuningdek, bakalavriatning kechki ta’lim shakli uchun ham qabul parametrlari tasdiqlandi. Kechki ta’limga 28 ming 942 nafar abituriyent qabul qilinadi.
Kechki ta’lim bo‘yicha qabul o‘rinlari quyidagicha taqsimlangan:
-
o‘zbek tilida — 26 010 ta;
-
rus tilida — 2 277 ta;
-
qoraqalpoq tilida — 655 ta.
Shuningdek, masofaviy ta’lim shakli uchun ham qabul parametrlari tasdiqlandi. Masofaviy ta’limga 20 ming 810 nafar abituriyent qabul qilinadi.
Masofaviy ta’lim bo‘yicha qabul o‘rinlari quyidagicha taqsimlangan:
-
o‘zbek tilida — 18 543 ta;
-
rus tilida — 1 800 ta;
-
qoraqalpoq tilida — 467 ta.
Umumiy hisobda 2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriatning uchta asosiy ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotalari quyidagicha bo‘ldi:
-
kunduzgi — 155 852 ta;
-
kechki — 28 942 ta;
-
masofaviy — 20 810 ta.
Magistraturaning kunduzgi ta’lim shakli uchun ham qabul kvotalari tasdiqlandi. Bu yil magistraturaga jami 22 ming 50 ta o‘rin ajratilgan.
Shundan:
-
davlat granti — 10 340 ta (o‘zbek tilida — 9 009 ta, rus tilida — 1 331 ta);
-
to‘lov-kontrakt — 11 710 ta (o‘zbek tilida — 9 649 ta, rus tilida — 2 061 ta).
Mavzuga oid
11:05 / 15.07.2026
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha onlayn arizalar qabuli boshlandi
18:46 / 10.07.2026
Toshkentda xalqaro universitetlar shaharchasi tashkil etilishi mumkin
18:40 / 10.07.2026
Talabalarga O‘zbekistonda boshlab, xorijda o‘qish imkoni kengayadi
10:17 / 10.07.2026