Jahon | 22:34 / 18.07.2026
1243
1 daqiqa o‘qiladi

Hakerlar Keniya prezidenti saytini buzib kirishdi va pul talab qilishdi

Ular talablari bajarilmagan taqdirda prezidentni fosh qiluvchi ma’lumotlarni e’lon qilish bilan tahdid qilishgan.

Prezident Uilyam Rutoning arxiv surati. FOTO| HUZUR

Hakerlar Keniya prezidenti Uilyam Rutoning rasmiy saytini buzib kirishdi va sayt bosh sahifasiga haqoratli xabarlar joylashtirishdi, deb xabar berdi Kenyans.co.

Nashrning yozishicha, ular saytda ko‘rsatilgan kriptohamyonga besh bitkoyn (320 ming dollar) o‘tkazilishini talab qilishmoqda.

Hakerlar talablari bajarilmagan taqdirda prezidentni fosh qiluvchi ma’lumotlarni e’lon qilish bilan tahdid qilishgan.

Uilyam Ruto ma’muriyati prezident sayti buzilganini tasdiqladi va IT-mutaxassislar hakerlik hujumi oqibatlarini bartaraf etish bilan shug‘ullanayotganini ma’lum qildi.

Keniya axborot va kommunikatsion texnologiyalar vaziri Uilyam Kabogo mazkur hujum natijasida hukumatning maxfiy ma’lumotlariga zarar yetmaganini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tiklash ishlari o‘tkazilishi uchun prezident saytiga kirish cheklangan.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid