Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya va Argentina yil to‘qnashuviga qanday tayyorlanmoqda
Ko‘cha ekranlari, barlardagi chegirmalar va kuchaytirilgan xavfsizlik choralari - Ispaniya va Argentina shaharlari jahon chempionati finaliga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ikki davlat milliy jamoalari o‘rtasidagi bahs Nyu-Yorkda 20 iyul kuni soat 00:00da boshlanadi.
Ispan OAVning yozishicha, butun Madrid ulkan fan-zonaga aylanib bo‘ldi. Shahar hokimiyati odamlar oqimini turli hududlarga oldindan taqsimlashga urinmoqda va ekranlarni bir-biridan uzoq masofalarga o‘rnatmoqda. Politsiya xavfsizlikni ta’minlash uchun maxsus harakatlar rejasini ishlab chiqmoqda. Mamlakatning boshqa shaharlarida ham finalga shu tarzda tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Barselonada bahs katta maydonlarda translatsiya qilinadi. Shuningdek, «Barselona» klubi stadioni bo‘lmish Camp Nou yaqinida ham ulkan ekran o‘rnatiladi.
Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches finalni tomosha qilish uchun Nyu-Yorkka uchishi ma’lum qilingan.
Argentina prezidenti Xaviyer Miley «irim» qilib AQShga bormasligini aytdi. U final bahsini boshqa barcha o‘yinlarni qayerda tomosha qilgan bo‘lsa, o‘sha yerda ko‘rishini bildirdi. Shuningdek, Miley bir oydan oshiq vaqtdan buyon irim qilib bitta kurtkada yurganini aytdi. Aytishlaricha, final kuni ko‘plab kompaniyalar, do‘konlar va muassasalar vaqtincha ishlamaydi.
19 iyul kuni soat 02:00 da inglizlar va fransuzlar uchinchi o‘rin uchun kurashishadi. AQShning barcha federal xizmatlari xodimlari Mayamidagi match xavfsizligini ta’minlashadi. Ayni paytda FQB, immigratsiya xizmati, maxfiy xizmatlarning barcha kuchlari ushbu tadbirga jalb etilgan.
Finaldan bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda bundan 19 yil ilgari olingan, Lionel Messi Ispaniya milliy jamoasining hozirgi a’zosi Lamin Yamalni cho‘miltirayotgani aks etgan fotosurat tarqaldi. Ular ertaga ilk bor maydonda bir-birlari bilan to‘qnash kelishadi.
Mavzuga oid
15:40 / 12.07.2026
JCh kundaligi. Yana fantastik o‘ynagan Jud, yana qiynalgan Argentina va Emboloda ahmoqona qizil
18:49 / 08.07.2026
Tramp NATOda: Ispaniya bilan savdoni uzish va Grenlandiyani egallash da’vosi
23:11 / 22.06.2026
Messi - jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purar
19:38 / 22.06.2026