Jamiyat | 20:20 / 18.07.2026
959
1 daqiqa o‘qiladi

Qamchiq dovonida majburiy tosh ko‘chirish ishlari amalga oshirildi

Xabar qilinishicha, mazkur ishlar tabiiy ofatning oldini olish maqsadida o‘tkazilgan.

Foto: FVV

18 iyul kuni A-373 "Toshkent-Ohangaron-Angren-Qo‘qon-Shahrixon-Andijon” avtomobil yo‘lining 142,8 km. qismida tegishli tashkilotlar tomonidan tog‘ning yuqori nuqtalaridagi nomustahkam toshlarni sun’iy tushirish ishlari olib borildi.

Xabar qilinishicha, mazkur ishlar tabiiy ofatning oldini olish maqsadida o‘tkazilgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ayrim elektron nashrlar va blogerlardan ma’lumotlarni noto‘g‘ri talqin qilmaslikni so‘radi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid