Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Sirskiyni lavozimidan bo‘shatishni o‘ylamoqda – OAV
Mamlakat mudofaa vaziri Mixail Fyodorov lavozimidan bo‘shatilganidan so‘ng qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiyni korrupsiya, islohotlarga to‘sqinlik qilish va “strategik uzoqni ko‘rmaslik”da ayblagandi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakat qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiyni iste’foga chiqarish haqida o‘ylamoqda, deb yozmoqda Financial Times o‘z manbalariga tayanib.
Nashrning ma’lumot berishicha, Ukraina prezidenti frontdagi vaziyatni baholash va bosh qo‘mondonlikka ehtimoliy nomzodlarni muhokama qilish uchun 18–19 iyul kunlari qo‘mondonlar bilan yig‘ilish o‘tkazadi. Gazeta suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, ushbu qaror qo‘mondonlik butun front chizig‘idagi mudofaa uchun zarar keltirmasdan topshirilishi ta’minlangan taqdirdagina qabul qilinadi.
FT xabariga ko‘ra, Sirskiyni iste’foga chiqarish masalasi u bilan nizoga kirishgan mudofaa vaziri Mixail Fyodorov bo‘shatilganidan so‘ng paydo bo‘lgan. Nashr manbalari Sirskiy vazirni bo‘shatish masalasini prezidentga ultimatum tarzida qo‘yganini aytishgan.
Fyodorov lavozimidan ozod qilinganidan keyin bosh qo‘mondonni korrupsiya, islohotlarga to‘sqinlik qilish va “strategik uzoqni ko‘rmaslik”da ayblagan.
Kadrlar almashinuvi fonida Kiyev, Lviv va Odessada norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar dastlab iste’foga chiqarilgan vazirni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, keyinroq qurolli kuchlar bosh qo‘mondonini ham lavozimidan bo‘shatishni talab qilishgan.
Mavzuga oid
23:12 / 18.07.2026
Ukraina Wildberries omborlariga zarba berdi - fotolar
19:05 / 18.07.2026
Yangi davr urushlari: nimalar o‘zgardi, maqsadlar-chi?
09:30 / 18.07.2026
Rossiya armiyasi Ukrainaning bir nechta viloyatini o‘qqa tutdi
09:23 / 18.07.2026