Eron va AQSh prezidentlari imzolagan memorandumning Vashington tomonidan ko‘p marta buzilganligi Donald Trampning imzosi «mutlaqo hech narsaga arzimasligi»ni isbotlaydi, deb yozdi Eron oliy rahnamosi Mo‘jtabo Xominaiy X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
«Eron va AQSh prezidentlari imzolagan o‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi memorandumning ulkan shayton (AQSh) tomonidan qayta-qayta buzilishi haqiqatni yana bir bor ko‘rsatdi: AQSh prezidentining imzosi hech narsaga arzimaydi va ishonchga munosib emas», — deyiladi Xominaiyning bayonotida.
Tramp va Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon 18 iyun kuni masofadan turib tinchlik kelishuvini imzolagandi.
18 iyul kuni Tehron kelishuv bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishni to‘xtatganini ma’lum qildi.












