Universitet bitiruvchilariga: o‘qishni tugatgach, ish topa oldingizmi?
Universitet bitiruvchilari, oʻqishni tugatgach ish topa oldingizmi?
Har yili Oʻzbekiston universitetlarini minglab yoshlar tamomlaydi. Ammo diplom har doim ham tezda ish topish, oʻz mutaxassisligi boʻyicha ishlash yoki taʼlim xarajatlariga mos daromad olishni anglatmaydi.
Biz 2021–2026-yillarda universitetni tamomlagan bitiruvchilarning tajribasini oʻrganmoqchimiz.
Hozir qayerda ishlaysiz? Birinchi ishni topishga qancha vaqt ketdi? Mutaxassisligingiz boʻyicha ishlayapsizmi? Universitetda olgan bilimlaringiz ishda foyda berdimi?
Javoblaringiz Oʻzbekistondagi oliy taʼlim va mehnat bozori oʻrtasidagi bogʻliqlik haqida material tayyorlashga yordam beradi.
Soʻrovni toʻldirish uchun taxminan 5–7 daqiqa kerak boʻladi.