Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.

Tekshiruvda «Navoiysuvqurilishinvest» DM, Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspeditsiya hamda N.S. va B.Z. MCHJ masʼul shaxslari oʻzaro til biriktirgani aniqlangan.

Departament maʼlumotiga koʻra, shartnomalar asosida DIVER qurilmalari uchun toʻlovlar toʻliq amalga oshirilgan boʻlishiga qaramay, masʼullar hujjatlarga qoʻshib yozish orqali 1,3 mlrd soʻm byudjet mablagʻini oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi - oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.